Toshkent hayvonot bog`ida yangi jonivorlar paydo bo`ldi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog`i matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, Isroilning Xamat Gader sayyohlik kompleksi Toshkent hayvonot bog`iga 2 ta yosh Nil timsohlarini sovg`a qilishgan.
Shuningdek, hayvonot bog`ida echkiemarlari, uzun ignali tipratikan, qora oqqush va boshqa jonivorlar paydo bo`ldi.







