AsosiySport

Argentina Gollandiyadan ustun keldi (VIDEO)

Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha Jahon chempionatining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo`lib o`tdi. 

Argentina-Gollandiya juftligida “uchar gollandlar” favorit hisoblanayotgan edi. Ammo, uchrashuvning asosiy vaqtini gollandiyaliklar zarbasiz yakunlashdi. Qo`shimcha bo`limlarda ham jamoalar hujumga zo`r  berishmadi. Penaltilar seriyasida esa Argentina terma jamoasi darvozaboni Romero 2 ta zarbani qaytardi va jamoasini finalga olib chiqdi. 

Endi 12 iyul kuni Braziliya hamda Gollandiya terma jamoalari uchinchi o`rin uchun kurashishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Germaniya-Argentina final uchrashuvi esa 13 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar