O`tgan yili mamlakatimiz hududida topilgan ulkan jonivor qoldiqlari va tishlari ayni paytda Geologiya muzeyida saqlanmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.
Mutaxassislar uning topilishi bilanoq yaxshi saqlanishini uchun barcha kerakli ishlarni amalga oshirishdi. Muzeyda esa qoldiqlarni restavrasiya qilishga tushishdi.
“Hozircha topilma ustida restavratorlar ish olib borishmoqda, tadqiqotlar o`tkazilmoqda. Ushbu qoldiqlar 2,8 million 800 ming yil avvalgi davrlarda yashab o`tgan mamont o`tmishdoshlari bo`lgan arxidiskodlarga tegishliligi isbotlandi. Topilmaning aniq yoshi yarim yildan so`ng ma`lum bo`ladi”,-dedi Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmadshoev.
Uning so`zlari ko`ra, muzey tashrif buyuruvchilari eksponatni joriy yil oxirlarida tomosha qilishlari mumkin bo`ladi.





