AsosiyDunyo

“Noguri” tayfuni oqibatida 2 kishi halok bo`ldi

Yaponiya bosh meteorologiya agentligi Kyusyu va Sikoku orollarida payshanba kuni tongda 300 millimetr yog`ingarchilik bo`lishi va shamol 126 km/soat tezligida esishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Yaponiyaning Okinava prefekturasida “Noguri” tayfuni oqibatida 2 kishi halok bo`ldi, 30 kishi jabrlandi.

Kecha Okinava prefekturasida tayfun yaqinlashayotgani sababli 590 ming kishi evakuasiya qilinishi haqida xabar berilgandi. Agarda uning yo`nalishi va harakati o`zgarmasa, juma kunga kelib, tayfun Tokioga etib keladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar