AsosiySport

Skolari:”O`zbekistonga borishimning yagona maqsadi pul emasdi“

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Filipe Skolari sovsport.ru saytiga bergan intervyusi davomida O`zbekistonga pul uchun boramaganini aytib o`tdi, deya yozadi Championat.asia sayti.

“Pullar – O`zbekistonga borishimning yagona maqsad emasdi. «Bunyodkor»ga faqat murabbiy sifatida emas boshqa maqsadda ham chaqirishgandi. Klub rivojlanish bosqichida edi, infrastruktura, yoshlarni tayyorlash va boshqalarda o`z hissamni qo`shishni juda istagandim”,-dedi Skolari.

“Bunyodkor” klubi sobiq bosh murabbiyi o`zbekistonliklar ochiq va juda mehmondo`st ekanligini ham ta`kidlab o`tdi.

“Mamlakatda futbolga e`tibor juda yuqori. Agar mahalliy hukumat infrastruktura, ta`lim, tibbiyot, telekommunikasiya, transport tizimiga xuddi shunday e`tiborda bo`laversa O`zbekistonni yuksak kelajak kutmoqda”,-dedi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Shuningdek, murabbiy Samarqand shahrini ham alohida eslab o`tdi. “Samarqandga sayohatchi sifatida borganman. Ushbu shaharning go`zalligini ko`rib lol qolganman – xuddi sharqona ertakka tushib qolgandek edim”,-deya yodga oldi Luis Filipe Skolari.

Eslatib o`tamiz, Luis Filipe Skolari 2009-2010 yillar davomida Toshkentning “Bunyodkor” klubini boshqargan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar