Argentina hamda Gollandiya terma jamoalari o`rtasidagi JChning ikkinchi yarim final uchrashuvini turkiyalik Junayt Chaqir boshchiligidagi hakamlar brigadasi olib boradi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar qoldirildi.
Junayt Chaqir ushbu jahon chempionatida Braziliya – Meksika va Jazoir – Rossiya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlarni boshqargan.
Eslatib o`tamiz, Braziliya – Germaniya uchrashuviga meksikalik Rodriges Moreno tayinlangan. Ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo`lib o`tadi.
Shuningdek, kuni kecha FIFA Jahon chempionatining qolgan o`yinlarini boshqarishi mumkin bo`lgan 15ta hakamning nomini e`lon qildi. Ular orasida hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham bor.
Endi Ravshan Ermatov faqatgina final yoki uchinchi o`rin uchun bo`lib o`tadigan uchrashuvga tayinlanishi mumkin. Ko`pgina mutaxassislarning fikricha, finalni boshqarishga angliyalik Xovard Uebb va Ravshan Ermatov asosiy da`vogar bo`lib turibdi.





