Bugun FIFA tashkiloti Jahon chempionatining qolgan o`yinlarini boshqarishi mumkin bo`lgan 15ta hakamning nomini e`lon qildi. Bu haqda uff.uz sayti xabar bermoqda.
Ular orasida hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham bor.
Hozirga kelib, Braziliya – Germaniya uchrashuviga meksikalik Rodriges Moreno tayinlangani ma`lum bo`ldi. Aynan u Suaresning tishlab olganini kechirgandi.
Ko`pchilikning fikricha, mundial finalini osiyolik hakam boshqarishi mumkin ekan.
Qolgan hakamlar ro`yxati bilan tanishing:
Osiyo:
Nishimura (Yaponiya), Ermatov (O`zbekiston)
Afrika:
Due (Kot-d’Ivuar), Aymudi (Jazoir)
KONKAKAF:
Geyger (AQSh), Rodriges (Meksika)
KONMEBOL:
Osses (Chili), Sandro Rissi (Braziliya), Karlos Vera (Ekvador)
Evropa:
Chaqir (Turkiya), Eriksson (Shvesiya), Proensa (Portugaliya), Uebb (Angliya), Karbalo (Ispaniya).





