"GM Uzbekistan" YoAJ joriy yilning kuzidan boshlab, chiqarilayotgan avtomobillarni “Era GLONASS” navigasion tizimi terminallari bilan jihozlashni boshlaydi.
Bu haqda “RIA Novosti” “O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasidagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, terminallar bilan jihozlash GM Uzbekistan mahsulotlarini import qiluvchi mamlakatlar talablariga binoan amalga oshirilmoqda.
Agentlik manbasining so`zlariga ko`ra, “Era GLONASS” terminallar bilan jihozlash yilning uchinchi choragidan boshlanadi.
“ERA GLONASS” – trasportni su`niy yo`ldosh orqali monitoring qilish tizimi bo`lib, yo`l transport hodisasi va boshqa halokatli hodisalarda tezlik bilan qutqaruv xizmatlariga xabar yuborishni avtomatlashtirish vazifasini bajaradi. Bu esa o`z navbatida YTH qurbonlari soni darajasini kamaytiradi.





