AsosiySport

Azoblanayotgan Neymarni tasvirga tushirgan hamshira ishdan bo`shatiladi (VIDEO)

Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati asta-sekin o`z yakuniga etmoqda.

Mahalliy muxlislar Germaniyaga qarshi yarim final uchrashuvini kutish bilan birga, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning salomatligini ham kuzatishmoqda.

Kolumbiyaga qarshi kechgan chorak final uchrashuvida Neymar umurtqa pog`onasidan jiddiy jarohat olgan edi. Shifokorlar bergan ma`lumotlarga ko`ra, Neymar uchun JCh yakunlandi. Uchrashuvdan so`ng Neymar olib ketilgan Fortaleza shifoxonasi xodimining harakati esa katta munozaraga sabab bo`ldi.

Hamshira og`riqdan qiynalayotgan Neymar shifoxonaga keltirilayotganini mobil telefoni orqali video tasvirga tushirgan.

Tasvir so`nggida hamshira kamerani o`ziga qaratib, kuladi va barchaga salom yo`llaydi.

Futbol muxlislarining g`azabini keltirgan voqeaga shifoxona rahbariyati ham o`z munosabatini bildirdi.   

Shifoxona boshlig`i Marsiya Real ma`lum qilishicha, tasvirga olgan hamshira hozirda mehnat ta`tilida, u ishga qaytgach esa ishdan bo`shatiladi. 

    Boshqa yangiliklar