FIFA hakami Ravshan Ermatov kecha jahon chempionati chorak finalida Gollandiya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o`rtasida kechgan uchrashuvni boshqardi.
Shu tariqa o`zbekistonlik hakam jahon chempionatlarining mutlaq rekordini o`rnatishga muvaffaq bo`ldi, deya yozadi uff.uz sayti.
Ushbu uchrashuv Ravshan Ermatov uchun jahon chempionatlaridagi 9-o`yin bo`ldi. U to`rt yil muqaddam JARda kechgan mundialning 5 ta uchrashuvini boshqarib borgan. Bu yilgi musobaqada boshqargan o`yinlari soni esa to`rttaga ketdi.
Eslatib o`tamiz, shu vaqtga qadar jahon chempionatlarida hech bir hakam 8 tadan ko`p o`yin boshqarmagan. Joelyu Kinyu (Fransiya, JCh-1994), Benito Archundii (Meksika, JCh-2010) va Xorxe Larrionde (Urugvay, JCh-2010) shunday natijaga erishgan edi.
Ravshan Ermatov ayni vaqtda 9 ta o`yin bilan bu borada rekord natijaga erishib turibdi. Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozim, 36 yoshli hakam Braziliyadagi musobaqada yana o`yinlarga tayinlanishi kutilmoqda.





