28 aprel kuni “GM Uzbekistan” AJ Bo`stonliq tumanining Beldersoy hududida “Birinchi bo`l. O`zingdan boshla” shiori ostida EKO-aksiya tashkil qildi.
Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan mazkur aksiyadan maqsad hududni chiqindilardan tozalash bilan birgalikda aholining ekologik madaniyatini oshirish hamda kompaniyaning ijtimoiy mas`uligini namoyon etishdan iborat bo`ldi. Aksiyada 100 ga yaqin ko`ngillilar qatnashdi.
Tadbir natijasida ishtirokchilar tomonidan 6 tonnaga yaqin chiqindi yig`ildi.









