AsosiyJamiyat

Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda

'Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda'ning rasmi

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Davlat pensiya ta`minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi, deb yozadi Norma.

Unda, xususan, quyidagilar nazarda tutiladi:

  • 35 yildan ortiq ish stajining har bir to`liq yili uchun pensiya miqdorini o`rtacha oylik ish haqining 2%iga oshirish;
  • 54 yoshda pensiyaga chiqish huquqiga ega bo`lgan, biroq pensiyani umumbelgilangan yoshdan keyin rasmiylashtirgan ayollarning pensiyalariga ustamalar;
  • pensiya tayinlanadigan sanada qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdordagi pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o`rtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish;
  • pensiya yoshiga to`lgan, biroq zarur mehnat stajiga ega bo`lmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblashda stajning har bir etishmayotgan oyi uchun Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallari summasini bir martalik tartibda to`lash huquqini berish;
  • ishlovchi er (xotin)ga mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlaridan ishlamayotgan xotini (eri) uchun ixtiyoriy asosda Pensiya jamg`armasiga qo`shimcha sug`urta badallarini to`lash huquqini berish;
  • yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam stajni (7 yil) oshirish;
  • pensiya yoshini jahondagi o`rtacha darajaga va boshqa o`lchovlarga etkazish uchun bosqichma-bosqich oshirish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar