O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 30 aprel kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +16 ... +18 daraja, kunduzi +28 ... +30 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +14 ... +19 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`ishi mumkin, Termizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +30 ... +35, Termizda kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi +15 ... +20, kunduzi +25 ... +30 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.






