OAVlar katta odamlardan ko`ra zarbli asboblarni yaxshiroq chaluvchi ikki yoshli Lennoksga e`tibor qaratishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Bolaning tengdoshlari endigina yurishni o`rganayotgan bir paytda u ohangni his qilishi bilan hammani hayratda qoldirdi. Lennoks musiqa sadolari ostida stolni urib chaladi. Mutaxassislar agar bolaga haqiqiy zarbli asboblar berilsa va u bilan o`qituvchi shug`ullansa qanday musiqachi paydo bo`lishi haqida o`ylashmoqda.






