Amerikaning Tenessi shtatida yashovchi Sheron Terner (SharonTurner) hovlisiga to`plangan besh nafar ayiqni videoga oldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
“Men ayvonga chiqib, bu hodisani videoga oldim. Men ilgari ham uyim atrofida yurgan ayiqlarni ko`p bora kuzatganman, ammo ular hech qachon hovlimga kirmagan edi. Bugun ular 5 nafar bo`lib, uyimga “mehmonga kelishibdi”, deb izoh berdi ayol.
Ayiqlar hovlida 10 daqiqa aylangach, o`rmonga qaytib ketishgan. Baribal nomi bilan yuritiluvchi qora ayiqlar Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Ularning bo`yi 1,4-2 metrni, og`irligi esa 360 kilogrammni tashkil etadi. Mazkur turga mansub ayiqlar kamdan-kam hollarda odamlarga hujum qiladi.






