O`zbekiston Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 14% miqdorida, o`zgarishsiz qoldirdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
“Markaziy bank Boshqaruvi 2018 yil 28 apreldagi yig`ilishda kayta moliyalash stavkasini, iqtisodiyotdagi mavjud va kutilayotgan o`zgarishlardan kelib chiqib, yillik 14 foiz miqdorida o`zgarishsiz qoldirishga qaror qildi”, — deyilgan rasmiy xabarda.
Bank xabarida aytilishiga ko`ra, Markaziy bank inflyasiya miqdorini belgilangan doirada ushlab turish uchun qat`iy pul-kredit siyosatini davom ettiradi. Ya`ni, iqtisodga kerakgidan orqtiq pul paydo bo`lishi va buninng oqibatida inflyasiya miqdori kuchayishiga yo`l qo`ymaydi.
Markaziy bank O`zbekistonda asosiy iste`mol tavarlari narxi hamda valyuta almashuv kursi barqarorlashganini xabar qilmoqda. Shu bilan birga inflyasiya miqdori ham 2018 yilning yanvar oyida 2,7 % dan fevral va mart oylariga kelib 1,1 %gacha kamaygan.






