Telegram’dagi nosozlik Evropa, MDH, Yaqin Sharqdagi foydalanuvchilarga noqulaylik tug`dirdi. Bu haqda messenjer jamoasi Twitter dagi sahifasida ma`lum qilgan.
“Amsterdam yaqinida elektr ta`minoti bilan bog`liq muammolardan so`ng qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Evropa MDH va Yaqin Sharqdagi foydalanuvchilar unga ulana olishmaydi”, deyiladi xabarda.
29 aprelga o`tar kechasi messenjer asoschisi Pavel Durov tvitterda Telegram’ning evropalik foydalanuvchilari serverlar qizib ketgani sababli messenjerga ulanish bilan muammolarga duch kelishlari mumkinligini ma`lum qilgandi.
O`zbekistonda ham bu vaqtda Telegramdan foydalanish imkoniyati bo`lmadi. Hozirda esa Telegram o`z faoliyatini tikladi.
29.04.2018 10:03
Telegram dunyoning bir necha mamlakatlarida ishlamay qoldi






