Samarqand viloyat xotin-qizlar qo`mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tdi, deb xabar qildi Samarqand viloyat axborot xizmati.
O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva ishtirok etgan majlisda tashkiliy masala ko`rildi.
Marhabo G`afurova o`z arizasiga ko`ra Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Kattaqo`rg`on shahar Xalq qabulxonasi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan Shodieva Hamrotosh Normurodovna Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi.
Shodieva Hamrotosh Normurodovna 1959 yil 17 sentyabrda Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti — oliy. Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan. 2014 yilda buyon xalq deputatlari Samarqand viloyati va Kattaqo`rg`on shahar kengashlari deputati. 2007 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.






