AsosiyJamiyat

Toshkentda YHXB inspektori ishtirokida mudhish YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda YHXB inspektori ishtirokida mudhish YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 28 aprel kuni tonggi soat 4:34da Yunusobod tumanining Amir Temur va Bog`ishamol ko`chalari kesishgan chorrahada yirik yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB xabar berdi.

X.O. boshqaruvidagi «VAZ-2107» va YHXB inspektori serjant X.M. boshqarib borayotgan «Lasetti» rusumli xizmat mashinasining o`zaro to`qnashib ketishi oqibatida har ikkila haydovchi, shuningdek, «Lasetti» yo`lovchisi — YPX inspektori, safdor O.F. hamda «VAZ-2107» avtomobili yo`lovchilari Ch.Sh. va G.O. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

«VAZ-2107» salonidagi yana ikki nafar yo`lovchi — hozirda shaxsi aniqlanayotgan, taxminan 50-60 yoshlardagi erkak va ayol kishi voqea joyida halok bo`lgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar