Rossiyaning Sochi shahrida rossiyalik futbol faxriylari o`rtasida futbol musobaqasi bo`lib o`tdi. Qiziqarli jihati shundaki, o`yin qorli hududda, tog` yon bag`rida o`tkazilgan.
Musobaqa dengiz sathidan 2064 metr balandlikda qorli va muzli joyda o`tkazilganiga qaramay, unda keksa yoshli sobiq futbolchilar xamishtirok etdi. Futbol o`yini mamlakatning norasmiy chempionati sifatida o`tkazildi. O`rtoqlik musoboqasidaMoskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi kabi 11 ta shaharlardanfutbolchilar qatnashishdi. Mazkur musobaqa mamlakat tarixida ilk marotaba bo`lib o`tmoqda.
Noodatiy maydonda o`tkazilgan o`yinni tomosha qilish uchun futbolchilarning oila a`zolari, yaqinlaridan tashqari ularning muxlislari ham tog`li hududga yig`ilishgan.Uchrashuv 3: 3 hisobida durang natija bilan yakunlandi.Shuningdek,faxriy futbolchilar ishtirokidagi mazkur musobaqa 2018 yil Rossiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionati oldidan futbolga e`tibor sifatida ham o`tkazildi.






