Joriy yilning 21-24 aprel kunlari o`tkazilgan erkaklar o`rtasida o`tgan "O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018" Hifz yo`nalishi 26-40 yoshlilar o`rtasida andijonlik Ubaydulloh qori Ishoqov g`olib bo`lgan edi.
Bugun, 27 aprel kuni Andijon shahridagi “Devonaboy” jome` masjidida Qur`on hofizini taqdirlash marosimi Juma namozidan oldin bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda UMI matubot xizmati.
Taqdirlash marosimiga Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham ishtirok etgan. Viloyat hokimi g`olibni qutlar ekan, qorini musobaqaga kuzata turib, agar g`olib bo`lib qaytsa engil avtomobil va`da qilganini eslab o`tdi va avtomobil kalitini Allohning kalomining hofiziga topshirgan. Shuningdek tadbirda Ubaydulloh qori Ishoqovning otasi haqida ham iliq so`zlar aytilib, zarbof to`n kiydirilgan.







