Poytaxtdagi yirik bozorlardan biri – Qo`yliq dehqon bozori Toshkentdan tashqariga ko`chiriladi, deb xabar berdi Sputnik.
Bektemir tumani hokimi Shopo`lat Asqarovning so`zlariga ko`ra, bozorning ko`chirilish muddati aniq emas, hozirda uning qaerga ko`chirilishi masalasi hal qilinmoqda.
"Hozirda Toshkent viloyatida bozor ko`chiriladigan joy aniqlanmoqda, u erda yangi pavilonlar va barcha zarur infratuzilma bunyod etiladi. Bu ishlarni o`tgan yili boshlash rejalashtirilgandi. Yangi bozor qurib bitkazilganidan keyin Qo`yliq dehqon bozori u erga ko`chiriladi, uning yonida joylashgan qishloq xo`jalik mahsulotlari ulgurji bozori o`z o`rnida qoladi. Buyum va qurilish bozorlari ham joyida qoladi", — dedi Asqarov.
Bozor ko`chirilganidan so`ng uning o`rnida nima qurilishi hozircha noma`lum. Bu erda Toshkent viloyatidan kelganlar shahar jamoat transportiga chiqishlari uchun zamonaviy transport bog`lamasi qurilishi mantiqqa mos kelgan bo`lardi. Balki Qo`yliq bilan "Do`stlik" bekatini bog`laydigan erusti metrosi halqa yo`lining so`nggi bekati shu erga qurilar.






