AsosiyJamiyat

O`zbekiston harbiy musiqasi Pekinda olqishlandi

'O`zbekiston harbiy musiqasi Pekinda olqishlandi'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy orkestri 22-27 aprel kunlari Pekin shahrida bo`lib o`tayotgan "Tinchlik burg`usi" harbiy orkestrlar xalqaro festivalida ishtirok etmoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

O`zbekiston delegasiyasi tarkibida Markaziy harbiy orkestr san`atkorlaridan tashqari Mudofaa vazirligining Markaziy ashula va raqs ansambli vakillari ham bor.

O`zbekistonlik harbiy musiqachilar 24 aprel kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, "Do`stlik" ordeni sohibi, iste`fodagi polkovnik Pavel Makarov rahbarligida konsert berdi. Yurtdoshlarimiz repertuarida “Buyuk ipak yuli” marshi, shuningdek, “Salamanka”, “Sorrentoga qaytish” musiqiy kompozisiyalari, mashhur “Sing-Sing” jaz asari o`rin olgan. Balet jamoasi ijrosida “Oq lolalar” milliy asari namoyish qilindi.

Festivalning so`nggi kunida mamlakatimiz harbiy orkestr musiqachilari milliy “Lazgi”ni ijro etib, o`z ijodiy repertuaridagi yangi chiqishlar bilan musiqa ixlosmandlarini xursand qiladi.

    Boshqa yangiliklar