Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 25 aprel kuni soat 07.30larda, Posira ko`chasida “Spark” rusumli avtomashinaning o`rindig`idan shu avtomashina egasi, Markaz-6 dahasi 89-uy 46-xonadonda yashagan, 1976 y.t. D.Ilyasovning jasadi topilgan.
"Dastlabki tekshiruv natijasida D.Ilyasov nafas yo`li qusish moddasi bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan vafot etganligi ko`rsatilgan", - deyilgan xabarda.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.






