AsosiyJamiyat

Bektemir tumani hokimi jurnalistlar bilan uchrashdi

'Bektemir tumani hokimi jurnalistlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligida Bektemir tumani hokimi Shopo`lat Asqarov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot anjumani o`tkazdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Anjumanda 2018 yilda Bektemir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, maqsadli dasturlarning bajarilishi yuzasidan qilinadigan chora-tadbirlar hamda joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berildi.

Tuman hokimi har bir soha bo`yicha hududda qilingan ishlarga alohida to`xtalib o`tdi. Jumladan, tumanda 2018 yilning yanvar-mart oylarida 81 ta kichik biznes, 45 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub`ekti ochildi. Joriy yilning birinchi choragida tumanni iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida ishga tushgan investisiya miqdori qariyb 60 milliard so`mni tashkil etgan va 350 ta yangi ish o`rni yaratilgan "Global Textile Solutions" va 138 milliard so`m investisiya kiritilgan, 250 ta yangi ish o`rni yaratilgan "Bektemir metall konstruksiyalari" kabi qo`shma korxonalar tumandagi eng yirik loyihalardir.

Shuningdek, tadbirda hududda kichik sanoat zonalarini tashkil etish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish, kommunal, ijtimoiy sohada qilingan ishlar yuzasidan ma`lumotlar berildi.

– Hozirgi kunda tumandagi Bektemir, Oltintopgan va Binokor mahallalarida ichimlik suvi va oqova suv tarmog`i o`tkazilmagan, – dedi Bektemir tumani hokimi Shopo`lat Asqarov. – Albatta, bu ishlarni bajarish uchun 22 milliard so`m mablag` talab etiladi va bu mablag`ni o`zlashtirish uchun tuman byudjetining salohiyati etarli emas. Shu bois, bu ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib boramiz. 2018 yilning o`zida Bektemir mahallasidagi 45 ta xonadonga tuman hokimligi ichki imkoniyatidan kelib chiqqan holda, ichimlik suvi o`tkazish ishlari boshlab yuborildi va joriy yilning iyun oyiga qadar yakuniga etkaziladi.

Matbuot anjumanida tuman hokimi jurnalistlarning hududdagi muammolar borasidagi savollari va takliflariga o`zining munosabatini bildirdi, muammolarning echimi borasidagi navbatdagi matbuot anjumanini Bektemir tumanining o`zida o`tkazish taklifini bildirdi.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish lozimki, Toshkent shahar hokimligida o`tkazilgan mazkur matbuot anjumani bundan keyin an`anaviy davom etadi. Ya`ni, har bir tuman hokimi har 15 kunda jurnalistlar bilan muloqot qiladi.

    Boshqa yangiliklar