AsosiyJamiyat

2014 yilning dastlabki choragida 65 ta yul-transport xodisalari codir bo`ldi

2013 yil 10 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida”gi o`zbekiston respublikasi qonuni bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki mazkur qonun sohaga oid normativ bazani chuqur tahlil etish asosida, shuningdek, ushbu yo`nalishda xalqaro tajribani o`rgangan holda ishlab chiqilgan bo`lib, yo`l harakati xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Fuqarolar hayoti va sog`lig`ini muhofaza etish, ularning huquq hamda manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, atrof-muhitni himoya qilishda muhim huquqiy asos bo`lib xizmat qilmoqda.

2013 yilda yo`l-transport hodisalari soni 2012 yilga nisbatan 136 taga kamaygan, joriy yilning birinchi choragida bu ko`rsatkich 65 tani tashkil etgan. Ayniqsa, bolalar bilan bog`liq yo`l-transport hodisalari soni keskin kamaygan. Bu haqda uz24.uz xabar beradi.

Transport vositalarini mast holda va telefonda gaplashgan holda boshqarish, harakat tezligini oshirish, xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog`liq xatti-harakatlar uchun ma`muriy javobgarlik yanada kuchaytirildi. Yo`lovchilarni tashish, transport vositalarini boshqarish uchun guvohnomalar berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarining takomillashtirilgani natijasida yo`l-transport hodisalari nisbatan kamaydi.

    Boshqa yangiliklar