AsosiyJinoyat

Toshkentda valyutafurushlar daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi

'Toshkentda valyutafurushlar daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan qo`shma reja ijrosi yuzasidan Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi, deb xabar berdi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

1983 yil Sirdaryo viloyatida tug`ilgan shaxs internet orqali do`stlashgan o`rtog`i o`zining valyutafurush tanishlari orqali katta miqdorda, har bir AQSh dollarini 8 120 so`mdan qora bozor narxida sotishini taklif qilayotganligini ma`lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rilishini so`rab boshqarmaga murojaat qilgan.

Ariza yuzasidan 2018 yil 20 aprel kuni 18:00 da Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida, Yakkasaroy tumanida joylashgan «Birodarlar qabristoni» memorial majmuasi oldida o`tkazilgan tadbir davomida bir qator shaxslar qo`lga olindi. Jumladan, 1986 yil Buxoroda tug`ilgan B.F., 1985 yil Buxoro viloyatida tug`ilgan T.P., 1979 yil Buxoro viloyatida tavallud topgan R.J. hamda 1990 yil Toshkent shahrida tug`ilgan P.S. arizachiga 20 ming AQSh dollarini 8 120 so`mdan jami 162 400 000 so`mga sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo`lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilinishi uchun Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasiga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar