AsosiySport

Gollandiya va Kosta-Rika chorak finalda (VIDEO)

Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari nimchorak final uchrashuvlarini o`tkazishmoqda.

Kecha musobaqa favoritlaridan biri deb aytilayotgan Gollandiya jamoasi Meksika terma jamoasini so`nggi daqiqalardagina mag`lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning 48 daqiqasida Dos Santos hisobni ochgan bo`lsa, o`yin yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida Snayder hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo`shib berilgan 3 daqiqada esa Robbenga qarshi jarima maydonchasi ichida qoida buzildi. Xuntelar penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasini chorak finalga olib chiqdi - 2:1.

Chorak finalda Gollandiya Kosta-Rika jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo`ldi. Urugvay, Italiya terma jamoalarini mag`lubiyatga uchratgan Kosta-Rika nimchorak finalda Gresiya ustidan penaltilar seriyasida g`alaba qozondi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangan. 

Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da Fransiya-Nigeriya, 01:00 da Germaniya Jazoir terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlar bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar