AsosiySport

Braziliya va Kolumbiya chorak finalda (VIDEO)

Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati ishtirokchilari nimchorak final uchrashuvlarini boshlashdi.

Kecha dastlabki ikkita nimchorak final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Musobaqa mezboni Braziliya terma jamoasi qiyinchilik bilan Chili terma jamoasini mag`lubiyatga uchratdi. O`yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida esa braziliyaliklarga omad kulib boqdi.

Chorak finalda Braziliyaga Kolumbiya terma jamoasi qarshilik ko`rsatadigan bo`ldi. Kolumbiya Suaressiz qolgan Urugvay terma jamoasini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da Gollandiya-Meksika, 01:00 da Kosta-Rika-Gresiya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlar bo`lib o`tadi.  

    Boshqa yangiliklar