AsosiyDunyo

Girdobli harakat illyuminatorni samolyot saloniga bosib kirgizib yubordi (Video)

'Girdobli harakat illyuminatorni samolyot saloniga bosib kirgizib yubordi (Video)'ning rasmi

Air India aviakompaniyasi samolyotining illyuminatori girdobli harakat paytida uchoq korpusining ichiga kirib ketgani bois uch kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda News.day.az nashri.

Hodisa samolyot havoga ko`tarilgach, ko`p o`tmay sodir bo`lgan. Layner 10-12 daqiqa davomida silkingan.

Samolyot kuchli girdobli harakatdan chiqib olgach, yo`lovchilarning o`zlari illyuminatorni joyiga mahkamlashga urinishgan.

Parvoz paytida samolyotda 240 nafar yo`lovchi bo`lgan.


Boshqa yangiliklar