AsosiySport

Poytaxtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun sport marafoni tashkil qilindi (foto)

'Poytaxtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun sport marafoni tashkil qilindi (foto)'ning rasmi

Shu kunlarda O`zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasi O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktab-internatlari va kolleji tarbiyalanuvchilari o`rtasida paralimpiya sport turlari bo`yicha bir qator sport musobaqalarini o`tkazmoqda, deb xabar bermoqda MOQ.

Jumladan bugun, Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bog`ida 100-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktab-internati va zaif ko`ruvchi bolalar maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari o`rtasida sport marafonini o`tkazildi. Mazkur marafonda 80 nafarga yaqin bola sovrinli o`rinlar uchun kuch sinashdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilarni qo`llab-quvvatlash maqsadida elimiz suygan san`atkorlar o`zlarining chiqishlari va bolajonlarga bildirgan tilaklari bilan barchani hushnud qildilar. Tadbir co`ngida musobaqa g`oliblari O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O`zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasining esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

    Boshqa yangiliklar