Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qozog`iston xorijga 167,3 million AQSh dollarilik bug`doy eksport qilgan. Xususan, O`zbekistonga 487 ming, Tojikistonga 127,9 ming, Afg`onistonga 99,1 ming, Turkiyaga 93,3 ming, Xitoyga 75,4 ming, Italiyaga 77,6 ming tonna ana shunday xom ashyo etkazib berilgan, deb yozadi “Xalq so`zi” nashri.
Ayni chog`da hisobot davrida Qozog`iston 452,3 ming tonna unni chet davlatlarga chiqargan. Shundan 289 ming tonnasini Afg`oniston, 132 ming tonnasini O`zbekiston xarid qilgan.






