AsosiyJamiyat

Chilonzorda haydovchi ikki bola etaklab ketayotgan ayolni urib yubordi

'Chilonzorda haydovchi ikki bola etaklab ketayotgan ayolni urib yubordi'ning rasmi

18 aprel kuni Chilonzor tumanining Chilonzor ko`chasida Matiz rusumli avtomashinani boshqarayotgan haydovchi ikki bolani etaklab ketayotgan ayolni urib yuborgan. Uch yo`lovchi ham tan jarohati bilan tez yordamga yuborilgan. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Poytaxt ko`chalarida bir kunda kamida 3-4 tadan piyodalarni urib yuborish holati ro`y berib turadi. Bu ko`pincha haydovchilarning befarqligi va piyodalarning belgilangan maxsus joydan yo`lni kesib o`tmasliklari oqibatida yuzaga keladi. Piyodalar yo`lni kesib o`tar ekan, ayniqsa ular bola etaklagan bo`lsa, o`ta ehtiyotkor bo`lishlari lozim.

    Boshqa yangiliklar