Surxondaryo viloyatining Sho`rchi tumanida paxta tozalash zavodida yong`in ro`y berdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
"18 aprel kuni soat 05.00larda, Bobur mahallasi A.Temur ko`chasida joylashgan “Sho`rchi paxta tozalash” AJga qarashli paxta saqlash omborxonasida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in natijasida omborxona ostida bo`lgan paxta tolasi mahsulotlarining bir qismi yonib zarar ko`rgan", - deyilgan xabarda.
Jarohat olganlar yo`q.






