AsosiyJamiyat

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qanday imtiyozlar bor?

'Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qanday imtiyozlar bor?'ning rasmi

Har yili O`zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida Farmoni bilan 9 may umumxalq bayrami arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag`batlantirilib kelinmoqda.

Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi Farmoni bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari 5 000 000 (besh million) so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi.

Avvalgi yillari, xususan 2017 yilda bir martalik pul mukofoti - 2 000 000 (ikki million) so`mni, 2014 yilda – 600 000 (oli yuz ming) so`mni, 2013 yilda esa – 500 000 (besh yuz ming) so`mni tashkil etgan.

Eslatib o`tamiz, 1941 – 1945 yillardagi urush va mehnat fronti fahriylari o`zlari uchun maqbul muddatlarda yiliga bir marta O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi hamda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari sanatoriylarida o`n ikki kunlik sog`lomlashtirish kursidan tekin o`tish huquqiga ega.

Ushbu faxriylar sog`lomlashtiriladigan sanatoriylar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi va “Nuroniy” jamg`armasi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1 oktyabrgacha bo`lgan muddatda O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tasdiqlash uchun kiritiladi.

1-guruh nogironligi bo`lgan urush va mehnat fronti faxriylari bir nafar kuzatuvchi shaxs uchun qo`shimcha tekin yo`llanma olish huquqiga ega.

Shuningdek, faxriylar temir yo`l transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqi mavjud.

1-guruh nogironligi bo`lgan urush va mehnat fronti faxriylari o`zlarini kuzatib borayotgan bir nafar shaxs uchun ham bepul va imtiyozli yurishga chipta olish huquqiga egadirlar.

Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar