Gollivudning veteranlaridan biri – aktyor Denzel Vashington adolat tarozini yana o`z qo`liga oldi, deya yozmoqda Kinonews.ru nashri.
Kelayotgan kuz faslida aktyor ishtirokidagi “Buyuk langarcho`pchi 2” filmi katta ekranlarga chiqarilish arafasida. Filmda sobiq josus Robert Makkolning sarguzashtlari va jamiyatda adolat o`rnatishga urinishlari haqida hikoya qilinadi.
Ikki karra “Oskar” mukofoti laureati bo`lmish Denzel Vashingtonning karerasida ushbu film ilk sikvel (muvaffaqiyatga erishgan filmning davomi) dir.
Film rejissyori – jangari filmlar ustasi Antuan Fukua.






