Fransiyada bir odamning yuzi ikki marta almashdi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Fransiyalik Jerom Amon (Jérôme Hamon) neyrofibromatoz, ya`ni yuzdagi turli shishlarning paydo bo`lishidan qattiq aziyat chekardi. 2010 yili unga donorning yuzi ko`chirib o`tkazildi.
2015 yili Amon shamollab qolib, antibiotiklar qabul qiladi. Natijada esa ko`chirib qo`yilgan nojins a`zo bitmay qolaveradi. 2017 yilning noyabr oyida Amonning “ikinchi” yuzi olib tashlanadi.
Yangi donorni topish uchun ikki oy vaqt ketadi. Shu vaqt ichida Amon ko`rish, eshitish, so`zlash qobiliyatidan mahrum bo`ladi. “Uchinchi” yuz esa 2018 yilning yanvar oyida ko`chirib o`tkaziladi. Qo`sh operasiyani Loren Lanteri ismli jarroh amalga oshirgan.
Oradan uch oy o`tkaniga qaramay, Amon hamon lablarini qimirlatolmaydi, ko`chirib o`tkazilgan yuz uning bosh suyagi shakliga unchalik ham to`g`ri kelmagan. Ammo Amon batamom tuzalib ketishiga ishonadi.






