Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida o`z onasi va o`gay singlisini o`ldirib jasadlarga o`t qo`ydi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 2018 yil 14 aprel kuni, “Obod” MFY Gulzor ko`chasi 17-uyda yashagan, 1982 y.t. F.Karimovani uyi hammomida gaz balonidan sizib chiqib xonaga to`planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo`lishi natijasida hammom oldida joylashgan o`tinxonaning ichki qismi yonib zarar ko`rgan va yong`in o`chirish vaqtida F.Karimova hamda, birga yashagan onasi, 1953 y.t. M.Turdievalarning kuygan holdagi jasadlari topilgan edi.
"Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida marhuma M.Turdievaning o`g`li, “Do`stlik” MFY Firdavsiy ko`chasi 38-uyda yashovchi, 1978 y.t. A.Turdiev oldindan bo`lgan adovati tufayli qasd olish maqsadida 12 aprel kuni soat 15.00larda, onasi, marhuma M.Turdievani uyiga borib, u bilan o`zaro janjallashib, uni va o`gay singlisi, F.Karimovalarni boshi va tanasining turli joylariga temir bo`lagi bilan urib o`ldirib, jinoyatni yashirish maqsadida A.Turdiev 13 aprel kuni soat 21.00larda, shu erga qaytib kelib, jasadlarni ustiga kerosin suyuqligini sepib, o`tinxonadagi gaz balonni ochib, olov yoqib, o`zi voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan", - deyilgan xabarda.
A.Turdiev qo`lga olingan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






