Iroq markaziy jinoyat sudi IShID terrorchilik guruhiga a`zo etti nafar xorijlik ayolning uch nafarini umrbod qamoq jazosiga, to`rt nafarini o`lim jazosiga hukm qildi.
Mahalliy “Al-Sumaria” telekanali xabariga ko`ra, IShIDga a`zo bir nafar fransiyalik va ikki nafar rossiyalik butun umrini panjara ortida o`tkazadi.
Terrorchi deb topilgan uch nafar ozarbayjonlik va bir nafar qirg`izistonlik ayol esa o`limga hukm etilgan.
Biroq Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri ayol kishining fuqaroligi va o`limga hukm etilgani fakti tasdiqlangani haqidagi ma`lumotni hozircha olmaganini xabar berdi. Vazirlik bu ishga aniqlik kiritishda davom etayapti.






