Yagona soliq to`lovi to`lovchilarining er solig`ini hisoblab chiqarish va to`lash tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi (AV. ro`yx. raq. 3001, 16.04.2018 y.), deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Nizomga muvofiq 2018 yil yil 1 apreldan boshlab umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo`lgan er maydoniga ega bo`lgan yagona soliq to`lovi to`lovchilari yuridik shaxslardan olinadigan er solig`ini to`laydilar.
Tasdiqlangan nizom quyidagilarga tadbiq etiladi:
er uchastkasining bir qismida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi va yagona soliq to`lovi to`lovchi notijorat tashkilotlar, agar tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan er uchastkasi bir gektardan ortiq bo`lsa;
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog`liq bo`lmagan boshqa faoliyat bilan shug`ullanuvchi yagona er solig`i to`lovchilar va yagona soliq to`lovi to`lovchilar, agarda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog`liq bo`lmagan boshqa faoliyatiga to`g`ri keladigan er maydoni 1 gektardan ortiq bo`lsa.
Bunda, er uchastkalarining umumiy maydoni deganda, er uchastkasining soliq solish ob`ekti sifatida qaralmaydigan er uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni tushuniladi.
2018 yil 1 apreldan boshlab er uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo`lgan yagona soliq to`lovi to`lovchilariga:
Yagona soliq to`lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to`lovini hisoblab chiqarish va to`lash tartibi to`g`risidagi nizom (ro`yxat raqami 2203, 2011 yil 3 mart);
Yagona soliq to`lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to`lovini hisoblab chiqarish va to`lash tartibi to`g`risidagi nizom (ro`yxat raqami 2449, 2013 yil 4 aprel) tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i stavkalari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari to`g`risidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadi.
Er solig`i har bir soliq davrining 1 yanvar holatiga hisoblab chiqariladi.
2018 yilning 1 yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan er solig`ining hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining
10 mayiga qadar taqdim etiladi.
Soliq solinadigan baza (soliqning hisoblangan miqdori) soliq davrida o`zgarsa, davlat soliq xizmati organiga bir oy muddatda aniqlashtirilgan er solig`ini hisob-kitobini taqdim qiladi.
Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan oshib ketsa, yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i er maydoniga tegishli huquq paydo bo`lgan oyning keyingi oyidan boshlab hisoblanadi.
Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan kamaysa, yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i er maydoniga tegishli huquq paydo bo`lgan oydan e`tiboran to`xtatiladi.
Er uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo`lgan yagona soliq to`lovi to`lovchilar tomonidan er solig`i to`lovi har oyning 10 kuniga qadar er solig`i yillik summasining o`n ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshiriladi.
2018 yilda er solig`i to`lovi aprel oyidan boshlab amalga oshiriladi, bunda aprel oyi uchun to`lov joriy yilning 10 mayiga qadar amalga oshiriladi.






