AQShning sobiq 41-chi prezidentining rafiqasi Barbara Bush seshanba kuni o`z uyida 92 yoshida vafot etdi.
Shifokorlarning aytishicha, oxirgi kunlarda Barbaraning sog`lig`i kun sayin yomonlashardi. Natijada Barbaraning o`zi barcha muolajalardan voz kechishni lozim topdi.
Barbara Bush Nyu-Yorkda, 1925 yilning 8 iyun kuni tug`ilgan. O`zining bo`lajak turmush o`rtog`i bilan u 16 yoshida tanishadi va 20 yoshida ular turmush quradi. Birgalikda ular 73 yil yashashdi.
Bushlarning besh nafar farzandi, 17 nevarasi va etti avarasi bor. Barbara AQSh tarixidagi prezidentning rafiqasi va onasi bo`lgan yagona ayoldir.






