AsosiyDunyo

Tarbiyachining ehtiyotsizligi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar suvdan zaharlandi

'Tarbiyachining ehtiyotsizligi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar suvdan zaharlandi'ning rasmi

Moskva shahridagi maktabgacha ta`lim muassasalarining birida bolalar zaharlanish oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.

Bolalar 17 aprel kuni badantarbiyadan so`ng tarbiyachidan ichish uchun suv so`ragan. Tarbiyachi stol ustida turgan shisha idishidan suv quyib bergan. Shundan so`ng 4 nafar bolaning tobi qochib, kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning aytishicha, bolalarning ahvoli jiddiy darajada og`ir emas.

Tergov jarayoni shuni ko`rsatdiki, shisha idishdagi suv tarkibida erituvchi suyuq modda bo`lgan. O`sha moddadan bir necha kun oldin tarbiyachi kiyimidagi dog`ni ketkazish uchun foydalangan. Shisha idishni esa ovqatlanish uchun mo`ljallangan stol ustida qoldirgan.

    Boshqa yangiliklar