Mazkur snaryadlar tashqi tomonidan baliqlardan deyarli farq qilmaydi, ular shifrlangan gidroakustik signallar orqali boshqariladi, deb xabar berdi Defense News portali.
Wattozz mashinalarini yaratish uchun Albayrak Savunma kompaniyasiga roppa-rosa ikki yil kerak bo`ldi. Skat-minalar suv osti xudkush-robotlari bo`lib, to`xtovsiz 12 soat davomida soatiga 10 kilometr yo`l bosadi.
Ixtirochilar ularni yirtqich baliqlar o`ljasiga aylanmaslik choralarini ham ko`rishgan.






