AQShning «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» («Grin kard» viza lotereyasi) dasturi qoidalari barcha takroriy arizalarning diskvalifikasiya qilinishini talab etadi. Bu haqda Qo`shma Shtatlarning O`zbekistondagi elchixonasi ogohlantirdi.
"Agar ishtirokchi dastur g`olibi sifatida saralangan bo`lsa va nomiga shu yilgi «Grin kard» uchun birdan ortiq ariza topshirilgani aniqlansa, dasturdan diskvalifikasiya qilinadi. Kelajakda yana dasturda qatnashish huquqi saqlanib qoladi, biroq nomidan faqat bitta ariza topshirilganiga ishonch hosil qilish lozim", - deyilgan xabarda.
Har doimgidek, er-xotinlarning har biri o`z nomidan alohida ariza topshirishi mumkin. Arizaning tegishli punktida turmush o`rtog`iga oid ma`lumotlar kiritilishi shart.






