AsosiyJamiyat

Innovasion olimpiadada g`irromlik bo`lmadi

'Innovasion olimpiadada g`irromlik bo`lmadi'ning rasmi

Yuqori saviyada o`tkazilgan bilimlar bellashuvi kutilganidan ham yuqori natija berdi. Keyingi yillardan uni festival darajasiga ko`tarish rejalashtirilmoqda, deb yozadi O`zA.

Navoiyda iqtidorli o`quvchilar o`rtasida kimyo fani bo`yicha respublika innovasion olimpiadasi o`tkazildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumta`lim ta`lim muassasalarining 8-10 sinf o`quvchilaridan iborat 15 jamoa o`zaro bahslashdi.

Umumta`lim maktablarining iste`dodli va tashabbuskor o`quvchilarini aniqlash, ularning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan tanlovda ishtirokchilar belgilangan mavzularga oid yozma ish hamda innovasion texnologiyalardan foydalangan holda onlayn test topshirdi.

Innovasion olimpiada mamlakatimizda birinchi bor o`tkazilmoqda. Bir vaqtning o`zida boshqa hududlarda ham tegishli fanlar bo`yicha bahs olib borildi. Yuqori saviyada o`tkazilgan bilimlar bellashuvi kutilganidan ham yuqori natija berdi. Keyingi yillardan uni festival darajasiga ko`tarish rejalashtirilmoqda.

Natijalarga ko`ra, 10-sinf o`quvchilari orasida birinchi o`rinni buxorolik Firdavs Ahmedov va Navoiy shahridan Mansur Suyunov egalladi. 9-sinflar o`rtasidagi bahslarda esa Navoiy shahridan Jamshid Hasanov va Toshkent shahridan Hasan Mo`minov g`olib bo`ldi. 8-sinf o`quvchilari – qashqadaryolik Sevinch Ashurova hamda buxorolik Abdumalik G`ulomov ham tanlovda birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar