18-19 aprel kunlari London shahrida “O`zbekneftegaz” AJ va Investisiya davlat qo`mitasi tomonidan hamda O`zbekiston va Buyuk Britaniya elchixonalarining ko`magida tashkil etilgan, “O`zbekiston neft va gaz sohasining investision imkoniyati” mavzusida Britaniya-O`zbekiston davlatlarining ilk energetik forumi o`z ishini boshladi.
Forumning asosiy maqsadi O`zbekiston neft va gaz sohasidagi investisiya loyihalarini moliyalashtirish, zamonaviy texnologiyalarni qo`llash hamda xalqaro konsultantlar ishtiroki masalalarini tashkil etishni muhokama qilishdan iboratdir.
Mazkur forumni o`tkazish uchun London shahri bejiz tayinlanmagan. Chunki hozirgi vaqtda London dunyoning eng yirik moliyaviy markazlaridan biriga aylangan bo`lib, aksariyat tijorat banklari va moliya institutlarining bosh ofislari aynan shu erda joylashgan.
Forumda Buyuk Britaniyaning savdo va eksportni rag`batlantirish vaziri Baronessa Rona Ferxed, shu jumladan tijorat banklari, Buyuk Britaniya. Evropa mamlakatlarining iqtisodiy sektori, neft va gaz, xalqaro moliya institutlarining rahbarlari tarkibidan tashkil topgan vakillar ishtirok etishadi.
Forum doirasida Britaniya tomoni O`zbekiston haqida, uning qulay sarmoyaviy muhiti, O`zbekistonda neft va gaz sohasini rivojlantirish, shuningdek, O`zbekistonning neft-gaz sohasidagi ayrim investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo`yicha takliflarni Britaniya moliya institutlari kreditlari orqali taqdim etadi.
Forum doirasida Britaniya tomoni O`zbekiston haqida, uning qulay sarmoyaviy muhiti, O`zbekistonda neft va gaz sohasini rivojlantirish, shuningdek, O`zbekistonning neft-gaz sohasidagi ayrim investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo`yicha takliflarni Britaniya moliya institutlari kreditlari orqali taqdim etadi.

Financial Times ning rasmiy matbuot xabarnomasida aytilishicha, bugungi kunda jadal rivojlanayotgan O`zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik iste`mol bozori sanaladi.
Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlarning natijasida O`zbekistondagi siyosiy o`zgarishlar natijasida dunyoga tanilib, savdo va investisiyalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Mintaqadagi eng boy iqtisodiyotga ega bo`lgan, resursga boy mamlakat bugungi kunda dunyoning eng katta ochiq maydoniga ega oltin qazib oluvchi o`nta eng yirik davlatlardan biri bo`lib, shu bilan birga mis, volfram, qo`rg`oshin, rux va uran kabi strategik muhim resurslar zaxiralariga egadir.
Bu yirik gaz ishlab chiqaruvchi (yiliga taxminan 60 milliard kubometr) bo`lib, uni qazib olish, qayta ishlash va tashish bo`yicha loyihalarga faol sarmoya kiritadi.
Forumning boy biznes dasturi 2 ta plenar sessiya, B2B formatida uchrashuvlar, shuningdek ishtirokchi kompaniyalar taqdimotini o`z ichiga oladi.
Shuningdek, noan`anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yanada rivojlantirish va joriy etish masalalari ham muhokama qilinadi.
Forumning asosiy tadbirlaridan biri bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi va Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF) o`rtasida O`zbekiston Respublikasida investisiya loyihalarini moliyalashtirish to`g`risidagi 1,25 milliard funt sterlingga teng memorandum imzolasheng asosiy voqelaridan biriga aylanadi.






