AsosiyDunyo

“Telegram" Bosh prokuraturaga arz qiladi

'“Telegram" Bosh prokuraturaga arz qiladi'ning rasmi

“Telegram" advokati Pavel Chikovning ijtimoiy tarmoqlardagi qaydlariga asoslanib, messenjer yuristlari “Roskomnadzor” ustidan Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasiga arz qilmoqchi.

Pavel Chikovning qaydlariga ko`ra “Telegram" manfaatlarini himoyalovchi tashkilot “Agora”ga messenjer bloklangani uchun o`z saytlariga kirish ruxsatini yo`qotgan 73 nafar kishi murojaat qilgan. Advokat shu kabi hollarda ko`rilgan zararni aniqlash va sudga murojaat qilish qo`llanmasini e`lon qilganini ham bildirgan.

Chikov “Telegram" yuristlarining RF Bosh prokuraturasiga arz qilish muddatini joriy yilning may oyi boshiga to`g`ri kelishiga ishora qilgan.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 13 aprelida Moskva shahrining Tagan tuman sudi Rossiya Fedaral xavfsizlik xizmatiga shifrlash kalitlarini berishdan bosh tortgani uchun “Telegram"ni Rossiyada bloklash bo`yicha “Roskomnadzor” kiritgan da`voni qanoatlantirgan edi. Sud qaroriga ko`ra 16 apreldan “Telegram" Rossiyada bloklana boshlandi. Keyinchalik messenjer blokni chetlab o`tish uchun “Amazon” va “Google”ning IP-manzillaridan foydalanganligi haqida xabar tarqaldi. Shundan so`ng “Roskomnadzor” “Telegram"ni bloklash uchun barcha choralarni ko`rishi, kerak bo`lsa messenjerning ishlashiga yordam beruvchi internet resurslar faoliyatini ham cheklashini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar