Ijtimoiy tarmoqlarda Boshqirdistondagi maktablardan biriga qilingan hujumdan keyin voqea joyi aks etgan video joylashtirildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Videoda maktab binosidan tashqariga olib chiqilgan bolalar, yong`inni o`chirish uchun etib o`t o`chirish mashinalarini ko`rish mumkin. Video muallifi voqeaga “Maktabimiz yonyapti. Hamma vahimada, judayam qo`rqinchli”, deb izoh bergan.
Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida korreksion sinfda ta`lim oluvchi 17 yoshli o`quvchi yigit sinfdoshi va o`qituvchisiga pichoq bilan hujum qilgan. Shundan keyin sinfga yonuvchi suyuqlikni quyib, o`t qo`ygan va o`ziga o`zi pichoq urgan. Hodisadan qo`rqib ketgan o`quvchi qizlardan biri derazadan sakramoqchi bo`ldi.
Yong`in maydoni bir kvadrat metrni tashkil etdi. O`smir yigit qo`lga olindi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan uch o`quvchi va o`qituvchi kasalxonaga yotqizildi. Mazkur holat yuzasidan Tergov qo`mitasi 17 yoshli o`smir va yana bir necha kishiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atdi.






