«O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi 2018 yil 9 maydan boshlab Toshkent-Istanbul-Toshkent yo`nalishida qo`shimcha qatnovlar chastotasini joriy etmoqda.
MAK axborot xizmatining xabariga ko`ra, parvozlar haftaning chorshanba va yakshanba kunlari zamonaviy samolyotlarda quyidagi jadval bo`yicha amalga oshiriladi:
Chorshanba:
HY-271 Toshkent 11:00 - Istanbul 14:25
HY-272 Istanbul 15:45 - Toshkent 22:20
Yakshanba:
HY-273 Toshkent 17:20 - Istanbul 20:45
HY-274 Istanbul 22:45 - Toshkent 05:20 +1






