AsosiyJamiyat

Diniy ishlar bo`yicha qo`mita rahbariyatida o`zgarishlar bo`ldi

'Diniy ishlar bo`yicha qo`mita rahbariyatida o`zgarishlar bo`ldi'ning rasmi

Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitada yig`ilish bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.

Unda tashkiliy masalalar ham ko`rib chiqildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi etib Jasur Akromov tayinlandi.

Shuningdek , rais o`rinbosarlari tarkibida ham o`zgarishlar bo`ldi. Muzaffar Komilov hamda Nurman Abdulxasan Qo`mita raisi o`rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o`tamiz, shu davrgacha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi vazifasida O.Yusupov faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar